Yondosh burchaklarni qo‘shish
Ikki yoki uchta yondosh burchaklarning o‘lchamlari orasidagi qo‘shilish xususiyatini o‘rganing.
Hammasini bir joyga jamlang!
Matematika bilan chuqurroq aloqa o‘rnatish uchun ushbu ochiq turdagi savollarga o‘zingiz yoki boshqalar bilan birgalikda javob bering.
Azizaning aytishicha, to‘g‘ri chiziqni tashkil etuvchi burchaklar o‘lchamlari yig‘indisi, burchaklar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, har doim 180 gradusga teng bo‘ladi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi yoki yo‘qmi? Javobingizni tushuntirib bering.